Main branch ->
+998 55 500 00 83 - Main branch
1993-yil 4-iyunda Andijon tumanida o’qituvchilar oilasida tavvallud topgan. 2010-2014- yillari Toshkent Turin Politexnika Universitetida bakalavr bosqichini ta’momlagan. Bakalavr o’qish yillari Toshkentdagi o’z davirining eng kuchli o’quv markazlaridan biri bo’lgan “Abituriyent” o’quv markazida Ingliz tilidan 3 yil davomida ta’lim bergan.
2014-yil noyabr oyida o’qishni tamomlab Andijonga qaytadi va 2015-2017- yillari “English Life” o’quv markazida IELTS instruktor bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
2017-2019- yillarda Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ granti asosida Shotlandiyaning Heriot-Watt Universitetida, Norvegiyaning Janubiy-Sharqiy Universitetida va Vengriyaning Budapesht Texnologiya va Ekonomika Universitetlarida Magistratura bosqichini tamomlab keladi.
Bundan tashqari Amerika Qo’shma Shtatlarida joylashgan Garvard Universitetida bo’lib o’tgan konferensiyaga 100% grant asosida qatnashib qaytgan.
2022-yilda esa butun O’zbekistondan saralab olingan 17 yosh tadbirkorlar bilan American Councilning ““Uzbekistan Business Leaders” dasturi asosida Texas Shtatida Amerika maktabida tajriba orttitib qaytgan.
Hozirda “English Life” xususiy maktabi va o’quv markazlarida Direktor O’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
“English Life” o’quv markazi 2015-yilda 8-yanvarda Andijon shahri Yangi bozor hududida kichik binoda 4 dona sinf xonalari va 30 ga yaqin o’quvchilar bilan tashkil etilgan. Asosan tillarga ixtisoslashtirilgan o’quv markazda Ingliz tili, Rus tili, Koreys tili, Mental Arifmetika va Matematika fanlaridan kurslar olib borib kelinadi.
O’quvchilarning qisqa muddatlarda yuqori IELTS natijalarga erishishlari va oliy o’quv yurtlariga kirganlari sababli o’quv markaz tez fursatda kengayib bordi va 2016-yil hozirda Asosiy filialga aylangan manzil Andijon shahar Milliy Tiklanish ko’chasi 11-v uyda joylashgan o’quv binosiga ko’chib o’tdi.
Bu esa, yana ham ko’proq o’quvchilarni o’ziga jalb qildi. Hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish imkonini berdi.
2018-2019 – yilar oralig’ida “IDP (International Development Plan) — IELTS” (International English Learning Testing System) va “British Council Uzbekistan” kabi Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi va haqiqiy IELTS imtixonlari o’quv markazlarimizda bo’lib o’tadigon bo’ldi. Hozirgi kunga qadar ular bilan hamkorlik davom etib kelmoqda va o’quvchilar IELTS sertifikatlarini aynan bizning ofislarda olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
2019-yilda “English Life” o’quv markazining “Neyron” filialiga asos solindi. Bu filial yosh bolalar uchun Ingliz tili kurslari, Mental arifmetika va Matematikaga kurslariga ixtisoslashtirilgan.
2022-yilda “English Life” Andijonda birinchilardan bo’lib ingliz tili va matematikaga ixtisoslashtirilgan, darajalarga asoslanib ta’lim beriladigan xususiy maktabga asos soldi. Hozirda 300ga yaqin o’quvchilar sifatli ta’lim olib kelmoqda.
2023-yilda esa ketma-ket ikkita “Navruz Mall” va “Eski Shahar” filiallari ochildi. Hozirgacha “English Life” o’quv markazi 100,000 dan ortiq o’quvchilarga ta’lim berdi va ularning juda katta qismi biz orqali o’z orzu-maqsadlariga erishdilar.
O’qituvchilarimiz o’z yo’nalishlari bo’yicha yuqori bilib va tajribaga ega.
Ingliz tili va Matematika darslari bilim darajasi bo’yicha guruhlarga ajratiladi yani darslar sinflar kesimida emas, guruhlarda olib boriladi. 5-6-7-sinflar va 8-9-10-11-sinflar qo’shilgan va “level” bo’yicha guruhlarga bo’lingan, Ingliz tili darslari Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate va IELTS guruhlarida olib boriladi. Yani 10-sinf o’quvchisi darajasi past bo’lsa 8-9-sinf o’quvchilari bilan birga o’qishi yoki 8-sinf o’quvchisi 11-sinflar bilan birga IELTS o’qishi mumkin bo’ladi. Matematika ham shunday holatda guruhlarga bo’lingan. Ya’ni o’quvchining yoshiga emas balki bilimi va harakatiga qarab guruhlarga bo’lingan.
11- sinf o’quvchilari o’qishni bitirishda IELTS va SAT seritifikatlarini qo’lga kiritadilar. Bu sertifikatlar bilan chet el va mahalliy nufuzli universitetlarga GRANT asosida o’qishi uchun amaliy yordam ko’rsatiladi. Hamkorlarimiz orqali Angliya, Amerika, Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlarda o’qish uchun konsultatsiyalar beriladi.
Tasischilarimizdan bosh Nuraliyeva Nilufarkhon Andijon Davlat Chet Tillar Instituti “Ingliz tili Filologiyasi” fakultetini tamomlagan, maktab va litseylarda Ingliz tili o’qituvchisi sifatida ta’lim bergan pedagog mutaxasis hisoblanadi.
Angliya va Amerikada tajriba ortirib qaytgan. Nulariyev Dostonbek ham shaxsiy IELTS natijasi 7,5 va uzoq yillar IELTS instruktor sifatida dars berib kelgan. O’quv markazimizning eng kuchli mutaxasislari ham aynan o’zimizning o’quvchilarimiz hisoblanadi.
Hozirda IELTS imtixonidan 1 dona 8,5; 7 dona 8,0; 14 ta 7,5 va 16 ta 7,0 ballarni qo’lga kiritgan kuchli jamoa o’quvchilarga dars berib kelmoqda.
Maktabdagi matematika o’qituvchimiz ham IELTS imtixonidan 7,5 va SAT imtixonidan 1420 ballarni qo’lgan kiritgan.
Biznesning asosiy fokusi kadrlarga qaratilgan. Jamoada bizning 5 qadriyatlarga asosan ish olib boriladi shuning uchun birdamlik bilan doimiy rivojlanish va kengayish yo’lida ketmoqdamiz.
Ingliz tili fani o'qituvchisi
IELTS 8.0
Matematika fani o'qituvchisi
SAT 8.0
Ingliz tili fani o'qituvchisi
IELTS 8.0
Matematika fani o'qituvchisi
SAT 8.0
08:30 - 16:30
O’quvchilar 3 mahal ovqat
bilan ta’minlangan
Kompyuter xonasi
Tashqi stadion va
ichki sport zal
Barcha xonalar isitish
tizimi va sovutish uchun
konditsionerlar bilan
jihozlangan
Xonalar eng zamonaviy
interaktiv doskalar (smartboard)
bilan jihozlangan bo’lib,
ularning barchasi internet
tarmog’iga ulangan va
o’quvchilar bemalol foydalanish
imkoniyatiga egalar
bilan ta'minlangan:)
“English Life” o’quv markazi shu paytgacha 100,000 dan ortiq o’quvchilarga ta’lim bergan shulardan yuzlab qo’vchilar IELTS imtixonidan 7,0 yoki undan yuqori ballarni qo’lga kiritganlar. Statistikamizga ko’ra 85% o’quvchilar bu imtixondan 5,5 dan yuqori yani juda ko’plab o’qishlarga kirish minimum balini qo’lga kiritganlar. Maktabda esa natijalar bundanda yuqori, ochilganimizga 1,5 yil bo’lishiga qaramasdan o’quvchilarimiz qisqa muddatda IELTS va SAT imtixonlaridan yuqori natijalarni qo’lga kiritdilar. Imtixon topshirgan 17 ta o’quvchilarimizning barchasi qoniqarli natijalarni ko’rsatdi. Quyidagi jadvalda natijalarni ko’rishingiz mumkin.
# | Ism va familya | Sinf | IELTS / CEFR | SAT |
1 | Boymirzayev Ismoiljon | 9-sinf | 7,5 |
|
2 | Abdullayeva Zebo | 10-sinf | 7.5 |
|
3 | Sharofutdinov Sayfulloh | 10-sinf | 7.5 |
|
4 | Shokirov Ahrorbek | 11-sinf | 7.5 | 1480 |
5 | Azamjonova Ominaxon | 11-sinf | 7.5 | 1320 |
6 | Hamraqulov Muhammadyusuf | 11-sinf | 7.5 |
|
7 | To’lqinov Muhammaddiyor | 11-sinf | 7.5 |
|
8 | Muxtorjonova Oysha | 10-sinf | 7,0 |
|
9 | Ravshanov Muhammadsodiq | 11-sinf | 7.0 | 1380 |
10 | Ibragimov Abrorbek | 11-sinf | 7.0 |
|
11 | To’lqinova Umida | 11-sinf | 7.0 |
|
12 | Saidov Saidahror | 9-sinf | 7,0 |
|
13 | Mahmudjonov Muhammadaziz | 11-sinf | 6.5 |
|
14 | Iminjonov Muhammadaziz | 11-sinf | 6.5 |
|
15 | Azamjonova Oydinoy | 11-sinf | 6.0 |
|
16 | Shermuhammedov Ulug’bek | 10-sinf | C 1 |
|
17 | Qodirjonova Zarnigor | 10-sinf | B 2 |
|
18 | Karimov Azizbek | 11-sinf | B 2 |
|
Bundan tashqari o’quvchilarimiz fan olimpiadalarining Andijon tuman bosqichida 56 ta maktablardan kelgan 560 dan ziyod o’quvchilar o’rtasida Ingliz tilidan 9 ta o’rindan 5 tasini matematikadan esa 9 ta o’rindan 4 tasini qo’lga kiritdilar:
INGLIZ TILI NATIJALARI | |||
# | Ism va familya | Sinf | O’rin |
2 | Abdullayeva Zebo | 10-sinf | 1 |
3 | Boymirzayeva Ismoiljon | 9-sinf | 2 |
4 | Ravshanbekov Muhammadsodiq | 11-sinf | 2 |
5 | Sharafutdinov Sayfullo | 10-sinf | 3 |
6 | Xamroqulov Muxammadyusufjon | 11-sinf | 3 |
MATEMATIKA NATIJALARI | |||
# | Ism va familya | Sinf | O’rin |
1 | Azamjonova Ominaxon | 11-sinf | 1 |
2 | G’ofurov Shoxjaxon | 11-sinf | 2 |
3 | Sobirov Javohirmirzo | 10-sinf | 2 |
4 | G’ulomov G’ulomjon | 11-sinf | 3 |
Andijon viloyat bosqichida esa barcha tumanlardan kelgan o’quvchilar ichidan 11-sinf o’quvchimiz 3-o’rin bilan Respublika bosqichiga yo’l oldi, 9-sinf o’quvchimiz esa 2-o’rin bilan viloyat yakuniy bosqichini tamomladi. Birinchi yil uchun bu juda katta natija bo’ldi.
Nafaqat o’qishda balki o’quvchilarimiz sport, zakovat, mental arifmetika va tushli turli xil musobaqalarda ham faxrli yuqori o’rinlarni qo’lga kiritdilar. Quyida to’liq ma’lumot beriladi keyinchalik.
ENGLISH LIFE